Iste`mol narxlari indeksi kalkulyatori ishlash tartibi
Iste`mol narxlari indeksi kalkulyatori foydalanuvchilarga istalgan davr uchun umumiy iste`mol narxlari indeksi (keyingi o`rinlarda INI) o`zgarishini hisoblash imkonini beradi.
Tanlangan davr uchun INIni hisoblash oylik ko`rsatkichlar ma`lumotlari asosida zanjirsimon usul yordamida amalga oshiriladi.
1.Davr tanlash:
Boshlang`ich davr («dan») baza sifatida qabul qilinadigan va hisoblanadigan davrga nisbatan INI hisoblanadi.
Yakuniy davr («gacha») indeksni hisoblash muddati hisobga olingan davrgacha bo`lgan oraliq (oxirgi davr ham hisob-kitobga kiritiladi).
2. Hisoblanish tartibi:
tanlangan muddat uchun INI hisoblashda foydalaniladigan “zanjirsimon” usul boshlang`ich oydan keyingi oylik INI ko`rsatkichlari (oldingi oyga nisbatan) natijasini bildiradi. Misol uchun, 2018 yilning noyabr oyi 2018 yilning mart oyiga nisbatan hisoblanishi kerak bo`lsa, u holda oylik INI zanjirsimon usulda apreldan boshlab (o`tgan oygan nisbatan koeffitsient shaklida) ko`paytirib borilgan va hosil bo`lgan natija 100%ga ko`paytirilgan. Buning sababi, 2018 yil aprel oyidagi iste`mol narxlari indeksi 2018 yilning mart oyiga nisbatan o`zgarishlarni aks ettiradi.
Natija: